Napadachi Gonsalo Garciya va hujumchi yarim himoyachi Sesar Palasios «Real»dan «Fulhem»ga o‘tishga yaqin. Sky Sports xabariga ko‘ra, Garciya va Palasios allaqachon Londondagi klub uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishmoqda.
22 yoshli Garciya va 21 yoshli Palasios uchun «Fulhem» jami 42,5 million funt (34 + 8,5) to‘laydi. Yevroga o‘girishda bu taxminan 50 millionni tashkil etadi.
Shuni eslatib o‘tish joizki, bu yozda «Fulhem»ni Alvaro Arbeloa boshqaradi, u ilgari «Real»da asosiy jamoa va yoshlar jamoasini boshqargan. Mutaxassis Garciya va Palasiosning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
