Londonning Tottenhem klubi «Liverpul» bilan Kodi Gakpo ni xarid qilish bo'yicha muzokaralarni faollashtirishni rejalashtirmoqda.
Mersisaydliklar hujumchini transferga qo'yishmagan, ammo «shpor»larni bu qo'rqitmaydi. Tottenhem Gakponi Savinyo bilan birga ko'rib chiqmoqda.
Klublar muzokaralar olib bormoqda, ammo Liverpul hozircha o'z talablarini e'lon qilmagan, deb xabar bermoqda Fabrizio Romano. Gakponing bozor qiymati 60 million evro.
Gollandiyalik futbolchi 2023 yil yozida «PSV» dan Liverpulga 42 million evro evaziga o'tgan. APLda u jami 127 o'yin o'tkazib, 32 gol urdi va 18 golga assist berdi.
27 yoshli hujumchi PSVning tarbiyalanuvchisi bo'lib, faqat o'z klubida va «Liverpul»da o'ynagan.
