Avvalgi «Manchester Yunayted» hujumchisi Teddy Sheringham, mankunianslarga qishki transfer oynasi bo'yicha maslahat berdi. Eks-hujumchi «Brighton» futbolchilaridan biriga e'tibor berishni tavsiya qildi.

«Yanvar oyida «Manchester Yunayted»da ko'rishni xohlagan bir o'yinchi bor. Bu yosh grek markaziy hujumchisi Xaralampos Kostulas. U qanday o'yinchi! Menga juda yoqadi. Uning o'yin uslubi menga ma'qul. U energiyaga ega, o'z pozitsiyasini biladi, to'pni saqlay oladi va albatta, darvozalar qaerdaligini biladi», - dedi Sheringham Metroga bergan intervyusida.

«Agar «Arsenal» uni «Yunayted»dan oldin sotib olishga harakat qilmasa, men ajablanaman. U men uchun jahon futbolining eng asosiy yosh talantlaridan biri. U hujumni boshqarishi uchun uni sotib olish kerak. U hali juda yosh, lekin o'ziga ishonchi juda baland».

Kostulas «Brighton»ga 2025-yil yozida «Olimpiakos»dan 36 million yevro evaziga o'tdi. Hozirgi mavsumda o'yinchi APLda 10 ta o'yin o'tkazdi va beshta samarali harakat (3 gol, 2 assist) bilan ajralib turdi.