Muallifitetli insider Fabrizio Romano o‘zining YouTube kanalida «Manchester Yunayted»dagi murabbiylik vaziyatiga oid video chiqardi.
Romano so‘zlariga ko‘ra, Maykl Karikning ishdan bo‘shatilishi kutilyapti. «Manchester Yunayted» Maurisio Pochettinoni yuqori baholamoqda, u «Old Trafford»da ish boshlashga tayyor. Romano shuningdek Antonio Conte haqida ham fikr bildirdi.
«Futbol doiralarida «Manchester Yunayted»ning Contedan qo‘rqayotgani haqidagi fikr mavjud. Antonio har doim haqiqatni aytadi – u tug‘ma g‘olib, lekin shuningdek, juda shafqatsiz bo‘lishi mumkin... Mening fikrimcha, bu «Yunayted»ga kerakli narsa. Haqiqiy muammolarni tan olish kerak, shunchaki ularni yashirishga harakat qilish emas», - deydi Romano The Touchline orqali.
Antonio Conte Angliya Premier Ligasi doirasida «Chelsi» va «Tottenxem»ni boshqargan.
