«Arsenal» va «Nyukasl» o‘rtasida yarim himoyachi Bruno Gimarayeshning transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlandi. iPaper nashrining xabariga ko‘ra, «sorokalar» braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha birinchi rasmiy taklifni rad etishdi.

Ta’kidlanishicha, taklif «Nyukasl»ning 80 million funtdan (93,5 million evrodan) oshadigan talabiga yetarlicha mos kelmagan. Biroq, «Arsenal» Gimarayeshni qo‘lga kiritish uchun harakatlarini davom ettiradi.

28 yoshli Bruno Gimarayesh esa «Arsenal»ga o‘tishni xohlaydi.

Shuni qo‘shish joizki, Gimarayesh «Nyukasl» uchun 195 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 31 gol urdi va 32 ta golli pas berdi.