«Kristal Pelas» markaziy himoyachi Krislen Matsimaning transferi bo'yicha «Augsburg» bilan muzokaralarni to'xtatdi. Buni Sky Sports xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, londondagi klub nemis klubining yuqori moliyaviy talablaridan kelib chiqib, bitimdan chiqishga qaror qilgan. Avvalroq, ingliz klubi muzokaralarning juda sekin o'tishi sababli transferdan voz kechishga tayyor edi.

Matsima «Kristal Pelas» ning qaroridan xabardor qilindi va «Augsburg» ning mashg'ulotlariga qo'shiladi.

Bu yil qish oylarida Mark Gehi «Manchester Siti» ga sotilgandan so'ng, «Kristal Pelas» markaziy himoyachi qidirishni davom ettirmoqda. Himoyani kuchaytirish uchun nomzodlar orasida «Tuluza» dan Charli Kressuell, «Lion» dan Ruben Kluivert va «Trabzonspor» dan Chibuke Nwaivu keltirilmoqda.