«Milan» himoyachisi Fikayo Tomori Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Jurnalist Jeyms Uatlandning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchini «Liverpul» sotib olishga qiziqmoqda. «Qizillar» allaqachon o'yinchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Tomorining o'tishi uchun «Nyukasl» ham kurash olib bormoqda.
Fikayo Tomori 2021 yilda «Chelsi»dan «Milan»ga 28 million evro evaziga o'tdi. Uning milan klubidagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha davom etadi. O'tgan mavsumda ingliz futbolchisi «rossoneri» safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yin o'tkazib, ikki golli uzatma berdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Tomorining qiymati 17 million evro deb baholanmoqda.
