Zashitnik Josh Aximpong «Chelsi»ni bu yozda tark etmaydi.

Jurnalist Simon Jonsonning ma'lumotlariga ko'ra, Londondagi klub Aximpongni «ko'klarning» ajoyib akademiya mahsuloti deb hisoblaydi. «Chelsi» o'z tarbiyalanuvchisini qo'yib yubormaydi. Kelgusi mavsumda jamoa murabbiyligi yosh o'yinchini ko'proq maydonga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Josh Aximpong «Chelsi»ning tarbiyalanuvchisidir. Uning «ko'klar» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. O'tgan mavsumda zashitnik Londondagi klub uchun barcha turnirlar bo'yicha 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portalida Aximpongning qiymati 25 million evroga baholangan.