«Koventri» Braiton bilan darvozabon Karl Rashvortning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Ushbu bitimning summasi taxminan 26 million evro bo'ladi, bonuslar va qo'shimcha to'lovlar hisobga olinsa, bu raqam taxminan 35 million evrogacha oshishi mumkin, deb xabar beradi The Telegraph.
25 yoshli darvozabon «Koventri» tarixidagi eng qimmatbaho xaridga aylanishi kutilmoqda. Klubning avvalgi transfer rekordini 20 million evroga himoyachi Orel Amandu o'rnatgan edi.
Rashvort o'tgan mavsumda «Koventri»da ijarada o'ynab, jamoaning muhim o'yinchilaridan biriga aylandi, u Championshipni yutib, APLga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Darvozabon barcha musobaqalarda 46 ta o'yin o'tkazdi va 17 ta uchrashuvda darvozasi daxlsiz qoldi.
Rashvortning kelasi 48 soat ichida tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda, shundan so'ng transfer rasmiylashtiriladi. «Braiton» kelishuvga o'yinchining kelajakdagi qayta sotilishi bo'yicha foiz va qaytarib sotib olish opsiyasini kiritdi.
