«Liverpul» himoyachisi Virgil van Deyk ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Niderlandiyalik futbolchi «Liverpul» bazasida individual ravishda mashg'ulot o'tayotgan paytida olingan bir qator suratlarni joylashtirdi.
Ushbu yozda Virgil van Deyk Niderlandiya terma jamoasi safida jahon chempionatida qatnashdi. Jamoa 1/16 finalda Marokashga 1:1 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketdi.
Van Deyk yaqinda 35 yoshga to'ldi. «Liverpul»da himoyachi 374 o'yin o'tkazib, 36 gol urdi va 16 golga assist berdi.
Van Deykning «Liverpul» bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
