«Manchester Siti» vingeri Savinyo yozda jamoani tark etish niyatini bildirdi. Bu haqda Yahoo Sports xabar bermoqda.

«Tottenhem», o'yinchiga o‘tgan yozdan beri qiziqish bildirmoqda, uning transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda. The Times ma'lumotlariga ko'ra, londonliklar 22 yoshli braziliyalik uchun taxminan 69 million evro taklif qilishga tayyor, bir hafta oldin boshqa manba 75 million evro haqida xabar bergan edi.

O'yinchi «Manchester Siti»da o‘yin amaliyotining yetishmasligidan norozi. O‘tgan mavsumda Savinyo barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 4 assist berdi, lekin asosiy tarkibda o‘rnashib ololmagan.

Savinyo 2024 yil yozida «Manchester Siti»ga «Jirona»dagi muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng o‘tgan. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.