«Chelsi» tajribali Dani Uelbekni hujum chizig'iga qo'shishga yaqin. Ben Jeykobs va Aleks Kruk kabi jurnalistlar xabar berishicha, muzokaralarda muhim taraqqiyot bo'ldi. 35 yoshli Uelbek ushbu hafta oxirigacha «pensiyadorlar» futbolchisi bo'lishi mumkin.
Uelbek allaqachon «Chelsi» bilan shaxsiy shartnomasi shartlarini kelishib oldi. Hozirda barcha tomonlar transfer amalga oshishini kutmoqda. Hozirda hujumchi «Brayton»ni himoya qilmoqda.
Avvalroq Dani Uelbek Angliya Premer-ligasining ikki top-klubida – «Manchester Yunayted» va «Arsenal»da o'ynagan.
Premer-liganing birinchi turida «Chelsi» «Fulxem»ga qarshi safarda o'ynaydi. Londondagi derbi 24-avgustda bo'lib o'tadi.
