«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau jamoaning kapitani Bruno Gimarayeshning mumkin bo'lgan ketishi haqida izoh berdi. «Arsenal» bu yozda yarimhimoyachini qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, ammo «Nyukasl» o'z kapitani bilan osonlikcha xayrlashmoqchi emas.

«Sorokalar» 28 yoshli yarimhimoyachini taxminan 116 million evroga baholamoqda, Londondagi klub esa taxminan 81 million evro taklif qilishga tayyor.

«Biz eng yaxshi futbolchilarimizni yo'qotmoqchi emasmiz. Bu aniq. Bunday o'yinchilarni yo'qotish biz uchun og'ir va qiyin bo'ladi», - deydi mutaxassis Shields Gazette nashriga.

Braziliyalik o'yinchi iyul oxirida mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.