Xulian Alvares Angliya Premer-ligasida o'z o'rnini topishi mumkin – argentinalik futbolchini «Arsenal» sotib olishga harakat qilishi mumkin. Marca nashrida Alvaresning kelajagi haqida material e'lon qilindi. Ushbu materialda «Arsenal» Alvares uchun 100 million evro va Viktor D'yokeresh taklif etishga tayyorligi qayd etilgan.
«Atletiko» 26 yoshli Alvaresni saqlab qolishga intilmoqda, ammo madridliklar Ispaniyadan tashqaridagi klubga transfer bo'lsa, muzokaralarga ochiq bo'lishi mumkin.
Oldinroq Xulian Alvares «Barselona»ga o'tishni xohlayotganini bildirgan edi. «Atletiko», ko'rinishidan, «ko'k-qizil»larga hujumchini sotishga tayyor emas.




