«Arsenal» forvard Vinisius Junyorni transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. «Kanonirlar» hali «Real» bilan bog‘lanmagan, lekin braziliyalikni potentsial transfer maqsadi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Londondagi jamoaga Vinisiusning holati umid beradi – uning «suvli»lar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha davom etadi.
Biroq, The Telegraph xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Joze Mourinyo Vinisiusning «Arsenal»ga o‘tishiga qarshi chiqadi. Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Maxsus «Real»ga barcha asosiy futbolchilarni saqlab qolish haqida murojaat qilgan.
Avvalroq Vinisius va «Real» o‘rtasidagi muzokaralar moliya shartlari bo‘yicha kelishmovchiliklar sababli to‘xtab qolgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan.




