«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska, yarim himoyachi Fil Fodenni oldingi darajasiga qaytarishga yordam bermoqchi ekanligini aytdi.
Italiyalik mutaxassis, 2022-23 yilgi mavsumda Pep Gvardiola murabbiylar shtabida ishlagan paytida futbolchi bilan tanish bo'lgan. Klubga qaytganidan so'ng, Mareska akademiya tarbiyalanuvchisi bo'lgan Fodenga o'z potensialini ochishga yordam berishni rejalashtirmoqda.
«Men Fodenga yana biz ko'rishni xohlagan Fil bo'lishiga yordam bermoqchiman. Avvalo, bu uning o'zi uchun zarur, chunki u futbolni zavq bilan o'ynashi kerak, shuningdek, men uning qanchalik yaxshi ekanligini bilaman. Fil yaxshi holatda bo'lganda, u o'yinlarni yutishga qodir», - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi jamoaning rasmiy sayti.
«Trebl mavsumida u ajoyib o'ynadi, keyingi mavsum esa yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. U biroz qiyinchiliklarga duch keldi, lekin men unga, mening vazifam - yordam berishimni aytdim. U bu klubning tarbiyalanuvchisi. U bizdan biri. U «Siti» muxlisi.
O'tgan mavsumda Fil Foden 50 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.




