Milanning «Inter» klubi «Tottenxem» kapitan Krestian Romero o'tishi uchun taklif tayyorlamoqda.
28 yoshli futbolchi yozda «Tottenxem»ni tark etishi mumkin, argentinlik futbolchini bir necha yirik evropalik klublar bilan bog'lashmoqda. Matbuotda «Barselona», «Real» va «Atletiko» haqida gapirilgan.
Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, milanliklar Romeroni ijaraga olib, majburiy sotib olish opsiyasi bilan qo'lga kiritmoqchi. Italiyaliklar futbolchiga 2031 yilgacha shartnoma taklif qilishga tayyor. Transfermarkt portali argentinlik futbolchini 50 million evroga baholamoqda. Hozirda himoyachining Londondagi klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.




