Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» rahbariyatiga qat'iy talablar qo'ydi. 365 Scores ma'lumotlariga ko'ra, 41 yoshli futbolchi Simao va Semedu direktorlari tomonidan jamoani kuchaytirish bo'yicha olib borilayotgan ishga hech qanday ma'muriy aralashuv bo'lmasligini ta'minlashni talab qilmoqda. Ronaldu ushbu juftlikka yangi futbolchilarni tanlashda mustaqillik berilishini xohlaydi.

Bundan tashqari, Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» uchun yangi yulduzni allaqachon tanladi. Ronaldu Brunu Fernandesni «Manchester Yunayted» klubidan Riyoddagi jamoaga o'tishga ishontirish uchun katta harakatlar qilmoqda. Krishtianu Fernandes va «qizil iblislar» o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar to'xtab qolganidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Brunu Fernandesning «MYU» bilan amaldagi shartnomasi yana bir mavsumga mo'ljallangan. Transfermarkt portali 31 yoshli yarim himoyachini 35 million evroga baholamoqda.