«Kristal Pelas» markaziy himoyachi «Brest»dan Rafael Le Genni qo‘lga kiritishga qiziqmoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

19 yoshli fransuz Londondagi klubning nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan, chunki «qushlar» yaqinda Maksens Lakruani yo‘qotishi mumkin. Lakruaning «Chelsi»ga o‘tishi yaqinlashmoqda.

Le Gen «Brest»da 2025-26 yilgi mavsumda debyut qilgan va Ligue 1da 6 ta o‘yinda qatnashgan. Yosh himoyachi mavsumning so‘nggi to‘rt uchrashuvida, jumladan, «PSJ» va «Strasbur»ga qarshi o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

«Kristal Pelas»da yosh fransuz markaziy himoyachilarini sotib olish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba mavjud. O‘tgan yozda klub 19 yoshli Jeydi Kanvoni «Tuluza»dan sotib oldi. Mark Gexining ketishidan so‘ng, u jamoaning doimiy himoyachisi bo‘lib qoldi.