«Pari Sen-Jermen» qanot o'yinchisi Bredli Barcola bu yozda Angliyaga yo'l olishi mumkin.

Fransuz futbolchisi uchun asosiy da'vogarlar «Arsenal» va «Liverpool» hisoblanadi. Insider Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, Merseyside klubi 23 yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun faolroq harakat qilmoqda.

«Barcola «PSJ»da «teginilmas» deb hisoblanmaydi. Ko'pchilik «Arsenal» haqida so'raydi, lekin mening ma'lumotimga ko'ra, «Liverpool» ancha qiziqmoqda va so'nggi paytlarda muzokaralarda oldinga siljidi», – dedi taniqli transfer mutaxassisi.

Bredli Barcolaning bozor qiymati Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 90 million evroga baholangan.