«Chelsi»ning qanot o'yinchisi Alehandro Garnacho «Aston Villa»ga o'tishga yaqin. Birmingem klubi 22 yoshli futbolchini ijaraga olib, «juda oddiy» shartlar bajarilganda sotib olish majburiyatini oladi. Jurnalist Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik o'yinchi so'nggi yillarda duch kelgan tanqid va masxara sababli Angliyani tark etishni rejalashtirgan, ammo «villalar» bosh murabbiyi Unai Emery o'yinchini ishontirgan: «Biz sening karerangni qayta tiklay olamiz», – dedi ispan mutaxassisi.
O'tgan yilning yozida Alehandro Garnacho «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga 46,2 million evro evaziga o'tdi. Futbolchi «ko'klar» safida 43 o'yin o'tkazib, sakkiz gol va to'rt golli uzatmani o'z hisobiga yozdirgan.




