Rodri kelajagi haqida yangi xabarlar paydo bo'lmoqda. «Real»da futbolchini imzolashga qaror qilingan deyilgan.

Biroq, «Manchester Siti» Rodri uchun katta narx belgilagan. L’Equipe xabariga ko'ra, «shaharchilar» Rodrining transferidan 100 million evro daromad olishni maqsad qilgan.

30 yoshli Rodri jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Turnir finalida Ispaniya terma jamoasi Argentina ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi.