Madridning «Real» klubi «Manchester Siti»ning yarim himoyachisi Rodrini qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Avvalroq Florentino Peres futbolchining jarohatlari sababli transferga qarshi chiqqan edi, ammo klubning boshqa mas'ul shaxslari Joze Mourinyo boshqaruvidagi jamoaga 30 yoshli ispaniyalik zarur deb hisoblashdi. ESPN ma'lumotlariga ko'ra, «Real» o'yinchiga 60 million evro taklif qilishga tayyor. Bu summa yetarli bo'lmasligi mumkin, chunki «Manchester Siti», mish-mishlarga ko'ra, 100 million evro talab qilmoqda.

Transfermarkt portalining ekspertlari Rodrining qiymatini 55 million evro deb baholamoqda. Jahon chempioni bilan ingliz klubi o'rtasidagi shartnoma kelasi yilning yozida tugaydi.