«Arsenal» himoyachi Vilyam Saliba uchun operatsiya kerak emasligini ma'lum qildi, ammo orqa jarohatidan tiklanish jarayoni hali ham uzoq vaqt oladi. Saliba bilan bog'liq vaziyat tufayli «Arsenal» markaziy himoyachi qidiryapti. Bu haqda The Athletic sahifalarida ma'lumot berilgan.
Potentsial maqsadlar orasida 2025/2026 mavsumidan so'ng «Manchester Siti»ni tark etgan Jon Stouns bor. Shuningdek, Ezri Konsa ham Londondagi klubning diqqat markazida, ammo «Aston Villa» va «Arsenal» o'rtasida baholashda sezilarli farq mavjud.
16 avgustda «Arsenal» yangi mavsumni «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi o'yini bilan boshlaydi.




