«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Buru Fernandesh «Yuventus»ning diqqat markazida qolmoqda.

«Qizil iblislar» kapitanining transferiga shaxsan «Qadimgi oq-qora» bosh murabbiyi Luciano Spalletti qiziqmoqda va o'yinchining holatini kuzatmoqda, deb xabar beradi TuttoMercatoWeb. Portugaliyalik futbolchi hali kelasi yilning o'rtalarigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirmagan.

Fernandeshning transfer narxi Transfermarkt baholashiga ko'ra 35 million evroni tashkil etadi. 31 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionatidan ham qiziqish bildirilgan. O'tgan mavsumda Buru 37 o'yinda 9 gol va 22 assist bilan o'zini ko'rsatdi.