«Manchester Yunayted» Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Eduardo Kamavingani qo‘lga olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

«Qizil jodugarlar» fransuz futbolchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano. Angliya klubida yangi markaziy himoyachi izlanmoqda va 23 yoshli «Real» futbolchisi bu transferga qanchalik qiziqishini bilmoqchi.

Hozirda Eduardo Kamavinga «Real»da qolishni rejalashtirmoqda, ammo agar «qirollik» klubi uni sotishga qaror qilsa, Angliyaga ko‘chish variantini ustun qo‘yishi mumkin.

Kamavinganing bozor qiymati Transfermarkt portalida 50 million evro deb baholangan.