Fransiya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Mikael Silyevstr Rejis Le Brisning murabbiylik faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdi. Hozirda mutaxassis «Sanderlend»ni boshqaradi.

«Ochig'i, men hech qachon u APLda muvaffaqiyatli murabbiy bo'ladi, deb o'ylamagan edim, hatto «Sanderlend»ni elitaga olib chiqib, cheklangan resurslar bilan jamoani saqlab qoladi, deb ham», - dedi Silyevstr Grosvenor Sportga bergan intervyusida.

«U juda noyob, chunki APLda ishlagan fransuz murabbiylari juda kam. Kelajakda milliy terma jamoaning murabbiyi bo'ladimi? Ehtimol, bir kuni».

O'tgan mavsumda «Sanderlend» yettinchi o'rinni egallab, evrokuboklarga yo'l oldi.