Hujumchi Gabriel Martinelli bu yozda «Arsenal»dan ketishi mumkin.

Fichajes ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalikni Madridning «Atletiko» klubi sotib olishga qiziqmoqda. «Matrasniklar» bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchining talantiga katta hayratda. Londondagi klub o'z futbolchisini sotishga tayyor, ammo faqat maqbul narxda.

Gabriel Martinelli 2019 yilda «Itumano»dan «Arsenal»ga yetti million evro evaziga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumda braziliyalik «kanonirlar» safida barcha musobaqalarda 53 o'yin o'tkazib, 11 gol urdi va yetti golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Martinellining narxi 45 million evro deb baholanmoqda.