«Arsenal» saytida xabar berilishicha, himoyachi Vilyam Saliba jahon chempionatida ishtirok etgandan so'ng klubga qaytgan. Londonda Saliba tibbiy ko'rikdan o'tdi va uning orqa jarohati tasdiqlandi.
Baholashdan so'ng, Saliba uchun operatsiya o'tkazish shart emasligi to'g'risida qaror qabul qilindi. Biroq, futbolchiga shifokorlar nazorati ostida reabilitatsiya kerak bo'ladi.
Salibaning «kanonirlar» safiga qaytish muddatlari aniq ko'rsatilmagan. Klub esa, tiklanish jarayoni tez bo'lmasligini ma'lum qildi.
2026/2027 yilgi mavsumdagi birinchi o'yinini «Arsenal» 16-avgustda «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogida o'tkazadi.




