Angliyalik markaziy himoyachi Jon Stouns, «Manchester Siti» bilan aloqalari tugagandan so'ng, erkin agent maqomida boshqa ingliz klubiga o'tishi mumkin.
The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli futbolchini Londondagi «Chelsi» jamoasi qo'lga kiritishga qiziqmoqda. «Pensionerlar» yangi mavsum oldidan tarkibni tajribali o'yinchilar bilan kuchaytirmoqchi.
Stouns 2026-yilgi jahon chempionatida Angliya milliy terma jamoasi safida o'ynadi. Britaniyaliklar Shimoliy Amerikada bo'lib o'tgan musobaqada bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida himoyachi to'qqizta uchrashuv o'tkazdi.




