Londonning «Arsenal» klubining sobiq futbolchisi Pol Merson «Aston Villa» va Angliya terma jamoasining yarimhimoyachisi Morgan Rodjersning «Chelsi»ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Potensial bitimning qiymati 117 million funt (~135 million evro) deb baholanmoqda.
«Bu juda katta pul. Hatto aqlga sig'maydigan. Bu ularning kerakli transferi emas. «Chelsi»da bu pozitsiya uchun Palmer bor. Men Rodjersni «o'nlik» deb hisoblayman. U ochiq futbolni yaxshi o'ynaydi. Lekin «siniylar» shunday o'ynamaydi. U maydonda joy topa olmaydi. Bundan tashqari, Morgan ustida katta narx bosimi bo'ladi», - deydi Sky Sports mutaxassisi.
O'tgan mavsumda Angliya Premer Ligasi doirasida 23 yoshli Rodjers 37 uchrashuv o'tkazdi. U o'z hisobiga o'n gol va olti assist yozdirgan.




