Londondagi «Tottenxem» va italiyalik klub «Napoli» o'rtasida joriy transfer oynasida futbolchilar almashinuvi bo'lishi mumkin. Bu haqda RAI xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» darvozaboni Gulyelmo Vikariyo yozda jamoasini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. U o'z vataniga qaytishni xohlaydi. Shu bilan birga, neapolitan klubi Vanya Milinkovich-Savich bilan xayrlashmoqchi. Tomonlar darvozabonlar almashinuvi variantini ko'rib chiqyapti.

O'tgan Angliya premer-ligasi musobaqasida Vikariyo 31 o'yinda qatnashib, 50 gol o'tkazib yuborgan. Milinkovich-Savich esa Seriya A'da 27 uchrashuvda ishtirok etib, 24 gol o'tkazib yuborgan.