«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslayning agenti Matyash Esterhazi «Liverpul» bilan shartnoma uzaytirish haqida izoh berdi. O'tgan hafta 25 yoshli vengriyalik Merseysayd klubi bilan 2031 yilgacha yangi shartnoma imzoladi.
So'nggi paytlarda o'yinchiga Madridning «Real» klubi qiziqishi haqida xabarlar tarqaldi.
«Agar sizda bunday darajadagi o'yinchi bo'lsa, katta klublar haqida mish-mishlar tarqalishi mutlaqo normal. Natijada u shartnomani uzaytirdi, bu esa hamma narsani anglatadi. Hech kim uni yangi shartnomani imzolashga majbur qilmagan. Bu uning o'z qarori edi», - dedi Esterhazi WinWinSports bilan suhbatda.
«Muzokaralar uzoq va qiyin bo'ldi. O'yinchi qolishni xohladi, klub esa uni saqlab qolmoqchi edi. Sport va moliyaviy masalalarda yechim topish kerak edi. Natijada biz ajoyib kelishuvga erishdik», - ta'kidladi u.
Soboslay 2023 yildan beri «Liverpul»da o'ynaydi. Shu vaqt ichida u 147 o'yinda maydonga tushib, 28 gol urdi va 26 golli uzatma berdi.




