Angliyadan qayg'uli xabar. 75 yoshida sobiq «Liverpul» va Angliya terma jamoasi futbolchisi Kevin Kigan vafot etdi. U jiddiy kasallik bilan kurashib, hayotdan ko'z yumdi.
Yanvar oyida Kigan oilasi sobiq futbolchida to'rtinchi bosqich saraton kasalligi aniqlanganini ma'lum qilgandi.
Kevin Kigan o'z avlodining eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblangan. 1978 va 1979 yillarda u «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan. «Liverpul» tarkibida Kigan bir qator unvonlarni, jumladan, uchta chempionlikni qo'lga kiritgan.




