Yarim himoyachi «Manchester Siti»dan Fil Foden Ispaniyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisini «Barselona» qo'lga kiritishga qiziqmoqda. Katalon klubi «Manchester Siti»dagi yarim himoyachining noaniq kelajagini uni arzonroq narxda sotib olish imkoniyati sifatida ko'rmoqda. Shuningdek, futbolchiga «Milan» ham da'vogarlik qilmoqda. 2025 yilda «shaharchilar» Fodeni «Al-Nasr»ga 130 million evro evaziga sotishga rad javobini berganligi ta'kidlanmoqda.

Fil Foden «Manchester Siti»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «shaharchilar» safida barcha musobaqalarda 50 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va 7 golli uzatma berdi.