Yarim himoyachi Rodri ajoyib jahon chempionatini o‘tkazdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Tez orada Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi klub ishlariga qaytadi. Rodri kelajagini aniqlashi kerak, chunki uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan.

The Touchline nashrining jurnalisti Ramon Alvares de Mona ma'lumotlariga ko‘ra, Rodri «Real»dan taklif kutmoqda. Shu munosabat bilan yarim himoyachi «Manchester Siti»dan shartnomani uzaytirish bo‘yicha bir necha takliflarni rad etdi.

Rodri iyun oyida 30 yoshga to‘ldi. 2024 yilda yarim himoyachi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Rodri «Real»ga ketmaydi – «Manchester Siti»da o‘z rejasi bor