Markaziy himoyachi «Kristal Pelas»dan Maksans Lakrua katta ehtimol bilan «Chelsi»da o'z karerasini davom ettiradi.
Klub o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda. TEAMtalk xabarlariga ko'ra, «ko'klar» «qushlar»ning talablarini deyarli qondirdilar. Kutilayotgan transfer narxi – 55 million funt sterling (taxminan 65 million evro).
Avvalroq «Chelsi» Fransiya terma jamoasi o'yinchisi bilan kelishuvga erishgan edi. 26 yoshli markaziy himoyachi Xabi Alonsoga qo'shilishni xohlaydi va klubning transfer shartlarini hal qilishini kutmoqda.
Maksans Lakrua «Kristal Pelas»da jami 98 ta o'yin o'tkazdi, u to'rt marta gol urdi va to'rt marta golli pas berdi.




