Avvalgi «Aston Villa» futbolchisi Gabriel Agbonlahor «Shirlar» vingeri Morgan Rodjersning «Chelsi»ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

«Bu «Chelsi» uchun ajoyib qo'shimcha. Men bu yigitni juda yaxshi ko'raman, uning maydondagi harakatlari juda ajoyib. U urgan gollariga qarang. U ko'proq gol urishi mumkin edi, lekin uning statistikasi haqida unuting. Bu futbolchi har qanday bosim ostida to'pni oladi, uning kuchli yugurishi himoyani yorib o'tishga yordam beradi», - dedi Agbonlahor talkSPORT intervyusida.

2025/26 yilgi mavsumda Morgan Rodjers «Aston Villa» uchun barcha musobaqalarda 55 o'yin o'tkazib, 14 gol urdi va 12 golli uzatma berdi. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha davom etadi.