Londonning «Arsenal» klubi Vilyam Salibaning jiddiy jarohatidan so'ng himoya markazini kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Fransuz futbolchisi orqa tarafdagi jarohati sababli kelgusi mavsumning birinchi yarmida o'ynay olmasligi xavfi bor.  The Sun Football xabariga ko'ra, «kanonirlar» erkin agent Jon Stounsni ko'zdan kechirmoqda. 32 yoshli sobiq «Manchester Siti» futbolchisi Salibaning vaqtincha o'rnini egallashi mumkin.

Stouns «shahar» jamoasida o'n yil davomida o'ynagan va shu vaqt ichida oltita marta Premier-ligada g'olib bo'lgan. Angliyalik futbolchining shartnomasi iyul oyining boshida tugagan.

Tajribali markaziy himoyachiga qiziqish, shuningdek, italiyaning «Inter» va «Yuventus» jamoalariga ham bog'lanmoqda.