«Barselona» va madridlik «Real» «Tottenxem»ning markaziy himoyachisi Krestian Romero bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.
Har ikkala La Liga jamoasi argentinalik futbolchi bilan muzokaralar olib borgan, deb xabar beradi Transfer News Live TEAMtalkga tayanib. «Atletiko» ham vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Agar mish-mishlarga ishonilsa, 28 yoshli futbolchi hozirgi transfer oynasida «shporlar»dan ketishga tayyor.
«Tottenxem» o'z kapitani uchun taxminan 50 million funt sterling (deyarli 59 million evro) talab qilmoqda.
Yakshanba kuni Krestian Romero Argentina terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi jahon chempionati finalida (0:1) mag'lub bo'ldi.




