«Tottenxem» himoyachisi Pedro Porro yozgi transfer oynasida London klubini tark etmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo gazetasi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Porro agentiga boshqa klublar bilan hech qanday muzokaralar olib bormaslikni buyurgan. Ispaniyalik futbolchi yaqinda «shporalar» bilan mehnat shartnomasini uzaytirgan va «Barselona»ning qiziqishiga qaramay, Londonda qolishni xohlaydi.

O'tgan mavsumda 26 yoshli Porro barcha musobaqalarda 47 uchrashuvda ishtirok etib, ikki gol urdi va olti golli uzatmani amalga oshirdi.

Porroning «Tottenxem» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 35 million evroga baholamoqda.