Markaziy himoyachi «Pari Sen-Jermen» Ilya Zabarniy «Liverpul»ning e'tiboriga tushdi.
«Qizillar» himoya markazini kuchaytirishni xohlaydi va 23 yoshli futbolchini olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi jurnalist Devid Linch, Transfer News Livega tayanib. Sport direktori Richard Xyuz va bosh murabbiy Andoni Iraola ushbu futbolchini «Bornmut»da birga ishlaganliklari uchun yaxshi bilishadi.
«Liverpul» Ilya Zabarniyni transfer qilish ustida ish boshlashi mumkin, agar «PSJ» uni sotishga qo'yadigan bo'lsa. Mashhur Transfermarkt portali markaziy himoyachining bozor qiymatini 40 million evro deb baholamoqda.




