Yarim himoyachi Enzo Fernandes «Chelsi»da qolishi mumkin.

Jurnalist Kiran Gillning ma'lumotlariga ko'ra, Argentina terma jamoasi bilan Angliyaga qarshi o'yinda ajoyib chiqishidan so'ng «ko'klar» hozircha boshqa klublardan yarim himoyachi uchun hech qanday taklif olmagan. Buning sababi «Chelsi» futbolchini sotishdan olishni istagan summa.

Enzo Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik London klubida barcha musobaqalarda 54 o'yin o'tkazib, 15 gol urdi va yetti golli uzatma berdi.