Angliya terma jamoasi va Birminghamning «Aston Villa» jamoasining hujumchi yarimhimoyachisi Morgan Rodjers Londonning «Arsenal» jamoasiga o'tishga yaqin. Bu haqda insayder Sasha Tavolieri xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar ijobiy o'tmoqda. Potentsial bitimning summasi taxminan 100 million evroni tashkil etishi mumkin. O'z navbatida, «kanonirlar» Rodjers bilan 2031 yilning o'rtasigacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.
O'tgan APL mavsumida 23 yoshli qanot o'yinchisi 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Morgan 10 ta gol urib, 6 ta golli uzatma berdi.




