Yangi «Fenerbahche» futbolchisi Meyson Grinvud Kristianu Ronalduning «Manchester Yunayted»dagi birga o‘ynagan davridan esdaliklari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men undan ko‘p narsani o‘rgandim. Eng muhim jihati - u hatto eng kichik narsalarni ham oddiy va sifatli bajarishni biladi. Uning mehnatsevarligi va diqqat-e'tibori ajoyib darajada. Aynan shu narsa uni eng yaxshilaridan biriga aylantiradi», - dedi Grinvud klub saytiga bergan intervyusida.

Grinvud bu yil yozda «Fenerbahche»ga 39 million evro evaziga o‘tdi. O‘tgan mavsumda ingliz futbolchisi «Marsel»da 45 o‘yinda 26 gol urdi va 11 assist berdi.