Markaziy himoyachi «Tottenxem»dan Krestian Romero yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» 28 yoshli argentinalikni sotishga tayyor va uning uchun 59 million evro talab qilmoqchi. Biroq, uning jarohat olish ehtimoli sababli klub, o'yinchini 47 million evro atrofidagi summaga ham qo'yib yuborishi mumkin. Romero'ga «Inter», «Real», «Barselona» va «Atletiko» qiziqish bildirmoqda.

O'tgan mavsumda Romero barcha musobaqalarda 32 uchrashuvda ishtirok etib, olti gol urdi va to'rt assist muallifi bo'ldi.

Romero ning Londondagi klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.