Napadachi «Tottenxem» Risharlison Serie Aga o'tishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik futbolchini «Yuventus» sotib olishga qiziqmoqda. Londondagi klub o'z futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor. «Shporlar» forvard uchun 20-25 million evro narx belgilagan.

Risharlison 2022 yilda «Everton»dan «Tottenxem»ga 58 million evro evaziga o'tdi. Uning «shporlar» bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida braziliyalik futbolchi Londondagi klubda barcha musobaqalarda 43 o'yin o'tkazib, 12 gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Risharlisonning qiymati 25 million evroga baholangan.