Yarim himoyachi Mateo Kovacic yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin.
Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, xorvat futbolchisini «Inter» sotib olishni xohlaydi. Hujumchi 2013 yildan 2015 yilgacha Milan klubida o'ynagan. Shuningdek, futbolchini sotib olishda Bundesliganing va Angliya Premer-ligasining jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Mateo Kovacic 2023 yilda «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga 29 million evro evaziga o'tdi. Uning «shahar» bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi barcha musobaqalarda to'qqiz o'yin o'tkazib, bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Kovacicning narxi o'n million evroga baholanmoqda.




