Napadayi Gabriele Martinelli bu yozda «Arsenal»ni tark etishi mumkin.

Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, Londondagi klub yozgi transfer oynasida o'z futbolchisini sotishga tayyor. Braziliyalikni sotib olishga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» yaqin kunlarda forvardni o'tkazish bo'yicha taklif berishi mumkin.

Gabriele Martinelli 2019 yilda «Itumano»dan «Arsenal»ga yetti million evro evaziga o'tgan. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik «kanonirlar» safida barcha musobaqalarda 53 o'yin o'ynab, 11 gol urdi va yetti golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Martinellining narxi 45 million evro deb baholanmoqda.