Londondagi «Chelsi» vingeri Alehandro Garnaco italiyaning «Roma» klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport ma'lumot tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, rimliklar 22 yoshli argentinalik futbolchini qo'lga kiritishni juda xohlashmoqda, lekin hozircha kutish pozitsiyasida. Klub «Chelsi»ning talablarini yumshatishini kutmoqda. «Roma» Garnaconi ijaraga olib, keyinchalik sotib olishni umid qilmoqda, ammo «siniylar» faqat to'liq transferni ko'rib chiqishga tayyor.
O'tgan mavsumda Garnaco barcha musobaqalarda 43 o'yinda qatnashib, sakkiz gol urdi va to'rt golli uzatmani amalga oshirdi.




